O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Joriy yilning 15 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasi Raisi Baxodir Begalov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg`armasining (YUNFPA) O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mieko Yabuta xonim bilan uchrashdi
2017-06-16 | Iqtisodiyot
BMT Aholishunoslik jamg`armasining (YUNFPA) O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan vakolatxona rahbari bilan uchrashuv tashkil etish yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qilgan murojaatiga muvofiq, joriy yilning 15 iyunida Davlat statistika qo`mitasida Mieko Yabuta xonim bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tashrifning maqsadi M.Yabuta xonimning Davlat statistika qo`mitasining yangi rahbariyati bilan tanishish va ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolini muhokama qilish bo`ldi.
Uchrashuv davomida tomonlar davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish zarur ekanligini, xususan Davlat statistika qo`mitasi va BMT Aholishunoslik jamg`armasining O`zbekiston Respublikasida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari”ga moslashish va uni amalga oshirish hamda demografiya va gender statistikasiga oid ma`lumotlarni yig`ish va tahlil qilish masalalari yuzasidan kelgusidagi hamkorligi haqida ta`kidlab o`tishdi.
Uchrashuv yakunida M.Yabuta xonim tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirdi, hamda bilim doirasini kengaytirish, tajriba almashish va demografiya va gender statistikasiga oid uslubiy qo`llanmalarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta`kidlab o`tdi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.