O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Irlandiya Elchisi bilan uchrashuv
2017-06-16 | Siyosat
2017-yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Irlandiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Edrian Makdeydni qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qildi va uni O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Irlandiya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada kengaytirish istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ikki davlatning parlamentlari, ishbilarmon doiralari, ta’lim muassasalari, fan madaniyat va san’at arboblari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish imkonini yaratadi. Shu mazmunda istiqbolli masalalarni birgalikda hal qilish yuzasidan fikr almashildi.