O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shvetsiya Elchisi bilan uchrashuv

2017-06-14 | Siyosat

2017-yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Shvetsiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda, xususan “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” doimiy muloqoti doirasida O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlarini rivojlantirishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shvetsiya Elchisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Mazkur uchrashuvlarda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston va Shvetsiya biznes doiralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться