O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’til maroqli o‘tadi

2017-06-14 | Jamiyat

Andijon viloyatida joriy yoz mavsumida shahardan tashqarida joylashgan 14, umumta’lim maktablari qoshidagi 43 bolalar oromgohida 22 ming 450 bola hordiq chiqaradi. Korxona va tashkilotlarda tashkil etilgan “Mehnat va dam olish” maskanlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari ixtiyorida.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Shifokor” bolalar oromgohida viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat boshqarmalari, kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda shu haqda ma’lumot berildi. 

Viloyatdagi bolalar oromgohlari rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etgan seminarda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi uchun zamonaviy sharoit yaratish, xususan, bolalarning yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Oromgohlarni obodonlashtirish, zarur inventarlar, turli jihozlar, sport buyumlari, ma’rifiy-badiiy adabiyotlar, dori-darmon bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi. 

Oromgohlarda ish olib borish uchun yetarli tajriba va malakaga ega pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari jalb etilgan. Sifatli oziq-ovqat, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlashda fermer xo‘jaliklari, mutasaddi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilish, oromgohlar qoshida tashkil etilgan tibbiy punktlar ishini namunali yuritish, birinchi yordam ko‘rsatish uchun 14 turdagi, rejali yordam ko‘rsatish uchun 32 turdagi dori-darmon zaxirasini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

– Oromgohlardagi pokizalik, sanitariya-gigena qoidalariga amal qilinishi qat’iy nazoratga olingan, – deydi viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limi mudiri Shahnoza Hakimova. – Oziq-ovqat sifati, bolalarga berilayotgan ovqatlarning me’yoriga alohida e’tibor qaratilishi qat’iy belgilangan. 

Seminarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, xalq ta’limi muassasalari, madaniyat, sport bo‘limlari hamkorligida festivallar, sport tadbirlari, san’atkorlar, sportchilar bilan uchrashuvlar, turli ko‘ngilochar kechalar o‘tkazish, oromgohlarda ijodiyot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sport va fan to‘garaklari tashkil etish, qiziqarli mashg‘ulotlar uyushtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA

Поделиться