O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston TIV rahbari bilan uchrashuv
2017-06-14 | Siyosat
2017-yilning 13-iyun kuni yuqori darajadagi “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga borgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida shu yilning mart va may oylarida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmanistonning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.