O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonunlar keng o‘rganilmoqda

2017-06-13 | Jamiyat

Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida ma’qullangan qonun va qarorlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish masalasiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videomuloqot orqali viloyat, shahar va tumanlar mutasaddilari, mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etgan yig‘ilishda mamlakatimiz qonunchiligida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ularga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, ularning samaralari haqida so‘z yuritildi. 

Yig‘ilishda “Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ma’ruzalar tinglandi. 

– Senatning o‘ninchi yalpi majlisida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini bosqichma-bosqich ijro etishga qaratilgan 21 masala, jumladan, 7 qonun ko‘rib chiqildi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev. – Mazkur qonunlarning bittasi yangidan qabul qilindi, uchta amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, uchta xalqaro hujjat ratifikatsiya qilindi. Yalpi majlisda qabul qilingan qarorlar fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlash, aholi turmush darajasini yuksaltirish, yurtimizdagi barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Yig‘ilishda qonunlarning jamiyat hayotiga tatbiq etilishida ularning mohiyatini keng ommaga yetkazish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishning ahamiyati haqida alohida so‘z yuritildi. Bu borada deputatlar, faollar, ommaviy axborot vositalari oldida turgan aniq vazifalar xususida fikr almashildi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi. 

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться