O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nogironlikning aniqlanishi va statistikasi bo`yicha mintaqalararo yig`ilish

2017-06-13 | Jamiyat

2017 yilning 6-8 iyun kunlari Almata shahrida (Qozog`iston) “Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha bo`lgan davrga mo`ljallangan barqaror taraqqiyot maqsadlari hamda 2020 yilgacha aholi turar joy fondini ro`yxatga olish butun jahon dasturi”ning kun tartibini qo`llab-quvvatlash maqsadidagi nogironlikning aniqlanishi va statistikasi masalasi bo`yicha 17 ta mamlakat statistika idoralari (O'zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Bosniya va Gertsegovina, Xorvatiya, Gruziya, Turkiya, Ruminiya, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Qirg`iziston, Afg`oniston, Belarus, Qozog`iston, Albaniya, Bolgariya, Ukraina ) hamda 6 ta xalqaro tashkilot (Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika byurosi, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Butunjahon Sog`liqni saqlash tashkiloti, Vashington guruhi, YUNISEF, MDH statistika qo`mitasi ) vakillari ishtirokida mintaqalararo yig`ilish o`tkazildi.

Mazkur yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistka qo`mitasining vakili-Ijtimoiy soha statistikasi axborotlarini tayyorlash bo`limi boshlig`i Sh.Abraev ishtirok etdi.

Yig`ilishda nogironlikning aniqlanishi va statistikasi bo`yicha MDH va Yevropa mamlakatlarining amaldagi tajribasi hamda global monitoring uchun Barqaror Taraqqiyot Maqsadlarining nogironlik statistikasi bilan bog`liq ko`rsatkichlarini shakllantirish uchun zarur ma`lumotlarga bo`lgan talab masalalari ko`rib chiqildi, shuningdek nogironlik statistikasi bo`yicha ma`lumotlarni shakllantiruvchilar tomonidan o`z vaqtida, yuqori sifatli va ishonchli statistik ma`lumotlarni yig`ish va tahlil qilishda uchraydigan murakkab vazifalar, nogironlik bo`yicha statistik ma`lumotlarning xalqaro darajada taqqoslash imkoniyatlarini kengaytirishga nisbatan ko`riladigan aniq choralar belgilab olindi.

Поделиться