O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Prezidentiga hamdardlik maktubi
2017-06-13 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan hamdardlik maktubida “Baykalorti o‘lkasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim”, – deyiladi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi.