O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sport xabarlari
2015-03-13 | Sport
Futbol. Iordaniyada xotin-qizlar o'rtasida 2016-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarining birinchi saralash bosqichi "B" guruhi uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqada O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Falastin, Gonkong va Iordaniya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Hamyurtlarimiz guruhdagi dastlabki uchrashuvda falastinlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi. O'yinda to'liq ustunlikka ega bo'lgan futbolchilarimiz raqib darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Gollarga Mahliyo Sariqova, Zumradjon Nazarova, Kamola Risqiyeva, Feruza Turdiboyeva, Nargiza Abdurasulova va Nilufar Qudratova mualliflik qildi.
Guruhdagi Iordaniya va Gonkong terma jamoalari o'rtasidagi bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Hamyurtlarimiz navbatdagi uchrashuvni 13-mart kuni gonkonglik futbolchilarga qarshi o'tkazadi.
* * *
Qilichbozlik. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o'smirlar va kadetlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Qit'aning yigirmadan ziyod davlatidan eng iqtidorli sportchilar ishtirokida o'tkazilgan musobaqaning shpaga yo'nalishi bo'yicha jamoaviy bahslarida Fayzullo Alimov, Sanjar Sobirov, Sanjar Alimovdan iborat jamoamiz shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Musobaqaning yakkalik bahslarida Fayzullo Alimov bronza medal bilan taqdirlandi.
Shpaga yo'nalishi bo'yicha qizlar o'rtasida o'tkazilgan yakkalik bahslarida Malika Hakimova oltin medalni qo'lga kiritdi.