O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida ishtirok etishiga doir
2017-06-11 | Siyosat
2017-yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida ishtirok etadi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligidagi forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish masalalari va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashadilar.