O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Norvegiya Tashqi ishlar vaziriga maktub
2017-06-11 | Siyosat
Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri
Bo‘rge Brende Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari,
Men Sizni O‘zbekiston Respublikasi va Norvegiya Qirolligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabriklashdan chin dildan mamnunman.
Biz Norvegiyaga Yevropadagi istiqbolli hamkor sifatida qaraymiz va u bilan har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz.
O‘zbekiston Norvegiya bilan siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik, iqtisod va sanoat, hamda ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va san’at sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashni ko‘zlaydi.
Aminmanki, hurmat va o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Norvegiya munosabatlari xalqlarimiz farovonligi va manfaatlari uchun rivojlanishda davom etadi.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul etgaysiz.
Hurmat ila,
Abdulaziz Kamilov,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri