O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Lyuksemburgning Tashqi ishlar va Yevropa ishlari bo‘yicha vaziriga maktub
2017-06-11 | Siyosat
Hurmatli janob Vazir,
Men Sizni mamlakatlarimiz tarixidagi muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabriklashdan chin dildan mamnunman.
Biz an’anaviy mustahkam do‘stlik, o‘zaro tushunish va hurmatga asoslangan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni juda qadrlaymiz.
Ishonchim komilki, siyosiy aloqalarni yanada kengaytirish, xalqaro maydonda o‘zaro qo‘llab quvvatlash va savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish ikki tomon manfaatlariga mos keladi. Lyuksemburg jahonning peshqadam davlatlaridan biri hisoblangan investitsion faoliyat va bank-moliya sohalari bizda katta qiziqish uyg‘otadi.
Munosabatlarning mavjud asosini mustahkamlash va o‘zaro qiziqish kasb etuvchi barcha sohalarda samarali hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlash maqsadiqa O‘zbekiston tomoni Lyuksemburg bilan ishonchli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan manfaatdordir.
Ushbu fursatdan foydalanib, Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog‘lik, tinchlik hotirjamlik va faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat ila,
Abdulaziz Kamilov,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri