O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi

2017-06-09 | ShHT

Ostona, 9-iyun. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etmoqda. 

Sammit 9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi. 

Muzokarada ShHT va uning organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Davlat rahbarlari ShHTning so‘nggi sammitida kelishilgan masalalar – tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, gumanitar hamda transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga doir keng ko‘lamdagi masalalarni ko‘rib chiqdilar. 

ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar ijrosiga e’tibor qaratildi. 

ShHT nisbatan qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. ShHT tuzilganidan keyin ko‘plab davlatlar unga a’zo bo‘lish istagini bildirdi. Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitida davlat rahbarlari Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomini berish to‘g‘risida kelishib olgan edi. 

Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti,  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, ASEAN kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ShHT nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi. 

Sammit o‘z ishini davom etirmoqda.

Temur Qurbonboyev (surat), O‘zA 

Поделиться