O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
2017-06-09 | Sport
Vetnamda taekvondo (WTF) bo‘yicha kadetlar o‘rtasida II Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda qit’amizning yigirmaga yaqin mamlakatidan kelgan yosh sportchilar kerugi va pumse yo‘nalishida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Chempionatning kerugi yo‘nalishida ishtirok etgan Azizbek Rahmonberdiyev o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalgacha bo‘lgan janglarda zafar quchgan Amir To‘rayev, Munisa Karimova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Daniil Kim, Iroda Mirtojiyeva, Kseniya Smirnova, Sevinch Musirova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.
Pumse yo‘nalishining yakkalik chiqishlarida Iroda Umrzoqova oltin, Aynura Umrzoqova va Islombek Rajabboyev bronza medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, juftliklar o‘rtasidagi bahslarda I.Umrzoqova hamda I.Rajabboyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.