O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dastur ijrosi va jamoatchilik nazorati

2015-03-13 | Jamiyat

O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatishda ommaviy axborot vositalarining o'rni va roliga bag'ishlangan anjuman o'tkazildi.

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari, markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi I.Halimbekov, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi A.Karimov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar kuchli ijtimoiy yo'naltirilgani, aholining barcha qatlamlari manfaatlarini ko'zlashi bilan alohida ahamiyat kasb etayotganini ta'kidladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qator qonunlar, davlat dasturlari yoshi ulug' yurtdoshlarimizni har jihatdan qo'llab-quvvatlashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda shifo maskanlari, sihatgohlar, sport-sog'lomlashtirish majmualarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy mebel, tibbiyot uskunalari bilan ta'minlash, soha xodimlarining malaka va mahoratini yuksaltirish, urush va mehnat faxriylari, pensionerlar, alohida ehtiyojli kishilarga to'lanadigan ijtimoiy to'lov va nafaqalar ta'minotini vaqtida amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlar bajarilmoqda.

«Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturi bu yo'nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, faxriylarning salomatligini asrash, ularga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish, bu yo'nalishdagi ezgu sa'y-harakatlarni davr ruhiga hamohang tarzda yo'lga qo'yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturida ko'zda tutilgan vazifalar ijrosini ta'minlashda jamoatchilik nazoratini samarali o'rnatish, bunda ijtimoiy adolat tamoyillariga tayanilishida ommaviy axborot vositalarining xolis va haqqoniyligini, jarayonga chuqur tahliliy asosda yondashuvini ta'minlashga oid vazifalar belgilab olindi.

Поделиться