O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maxtumquli yurtidan navolar
2017-06-08 | Madaniyat
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Maxtumquli ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
"Maxtumquli yurtidan navolar" deb nomlangan mazkur tadbirga yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos va tilshunos olimlar, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etildi.
Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i, H.Daminov, adabiyotshunos olimlar Z.Isomiddinov, E.Ochilov va boshqalar xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirish, o‘zaro qardoshlik va do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarning hamkorligini kuchaytirishda adabiyotning ta’siri katta ekanini ta’kidladi.
Prezidentimizning shu yilning mart va may oylarida Turkmanistonga tashriflari tili, madaniyati va urf-odatlari o‘xshash bo‘lgan ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda yangi sahifa ochdi.
Davra suhbatida ta’kidlanganidek, ulug‘ turkman shoiri Maxtumquli ijodi insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan. Maxtumquli she’riyatida hayotiy falsafani teran aks ettirish, Vatan, mardlik, olijanob insoniy fazilatlarni ulug‘lash ustuvor o‘rin tutadi. Shoir ijodi hayotiy kechinmalarni pand-nasihatlar, hikmatlar orqali ifodalashi bilan katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda shoir she’rlari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.