O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sud tizimi rivojiga xizmat qiladi

2017-06-08 | Jamiyat

Mamlakatimizda sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan islohotlar davom etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bunda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi. 

– Odil sudlov sohasidagi zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda sud tizimi takomillashtirilmoqda, – deydi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Bahodir Yusupov. – Sudlarni moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash masalalarini mustaqil hal etish tizimi yaratilgani sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga mos keladi. 

Mazkur departament sudlarni moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash borasida izchil ish yuritmoqda. Sudlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, sudyalar va sud apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy ta’minlashni tashkil etish alohida e’tiborda. 

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti ishini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan departamentning asosiy vazifalari yanada aniqlashtirildi. 

Ushbu vazifalar avval O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshirib kelingan. Endilikda bu vazifalar Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari zimmasiga o‘tkazildi. Bu sud organining chinakam mustaqilligi va daxlsizligini ta’minlashga hamda sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirishga xizmat qiladi. 

Qarorga asosan sohada tizim faoliyatini izchil rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, tizim oliy ma’lumotli, ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi harbiy, xo‘jalik sudlari, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti tasarrufida bo‘lgan fuqarolik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning moddiy qimmatliklari, aktivlari va majburiyatlari Oliy sud huzuridagi departament balansiga berildi. 

Yuqorida nomi qayd etilgan farmonga muvofiq 2017-yil 1-iyundan mamlakatimizda iqtisodiy va ma’muriy sudlar ish boshladi. Departament va uning hududiy bo‘limlari tomonidan yangidan tashkil etilgan sudlarning samarali ishlashini tashkil etish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Ularni komputer texnikasi, aloqa vositalari, dasturiy ta’minot, mebel bilan jihozlash hamda boshqa barcha turdagi moddiy-texnik ehtiyojlar ta’minlanayotir. 

Kelgusida sudlarning zamonaviy binolarda, ya’ni sud xodimlari va fuqarolar uchun barcha qulayliklar mavjud joyda faoliyat yuritishi uchun kompleks chora-tadbirlar ro‘yobga chiqariladi. Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy himoyasini, ularni zarur sharoit, xususan, uy-joylar bilan ta’minlash ishlari amalga oshiriladi. 

Bu kabi chora-tadbirlar sud organining chinakam mustaqiligi va daxlsizligini ta’minlashga hamda sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Pirovardida bu fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari tez va sifatli ta’minlanishiga zamin yaratadi.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться