O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuk deklaratsiyalarining 99,9 foizi elektron tarzda amalga oshirildi

2017-06-07 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturi doirasida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da bojxona organlariga ham qator vazifalar belgilanganligi hamda ushbu vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

Bugungi kunda davlat bojxona xizmati organlari faoliyatiga tatbiq qilingan axborot tizimlarining umumiy soni 36 tani tashkil etmoqda. Shundan 22 tasi davlat axborot tizimi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, qolganlari ichki idoraviy axborot tizimlari hisoblanadi. «Yagona oyna» idoralararo axborot tizimi www.sw.customs.uz internet manzilida ishga tushirildi. Mazkur tizim tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan eksport va import tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun bojxona organiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan barcha 20 dan ortiq ruxsatnoma sertifikatlari va xulosalarini yig‘ish jarayonini tezlashtirish orqali mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona.uz veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 22 turdagi elektron xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Ular orasida eng ommalashgan elektron xizmat tovarlarni elektron deklaratsiyalash xizmati hisoblanadi. So‘nggi ikki yil davomida bojxona organlarida rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalarining 99,9 foizi elektron tarzda amalga oshirildi. 

Davlat dasturi mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, bojxona organlariga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, qonuniy hal etish va asoslangan javob xatlari yuborish bilan cheklanib qolmasdan, kelib chiqish sabablarini o‘rganish va oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Murojaatlar bilan ishlashni yanada yaxshilash maqsadida joriy yilning 1-aprelidan internet tarmog‘ida Davlat bojxona qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi – http://online.customs.uz manzilida ishga tushirildi. 

Joriy yil boshidan buyon Davlat bojxona qo‘mitasiga kelib tushgan 995 murojaatning barchasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning asosiy qismini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi masalalari, bojxona to‘lovlaridan ozod qilish va imtiyozlar qo‘llashga doir murojaatlar tashkil qiladi. Anjumanda murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tanqidiy ko‘rib chiqildi. 

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA
 

Поделиться