O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Prezidentining Fan masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv
2017-06-06 | Siyosat
2017-yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSh Prezidentining Fan masalalari bo‘yicha vakili, Tafts Universiteti qoshidagi Atrof-muhit instituti direktori Linda Abriola bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida fan sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
2010-yil dekabr oyida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasidagi fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish mazkur yo‘nalishdagi sherikchilikni kengaytirish imkonini bergani qayd etildi.