O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IUT professori Albert Nelson Markuis mukofotini oldi

2017-06-06 | Ta’lim

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning professori hamda Kompyuter fanlari va muhandislik departamentining rahbari doktor Abdul Rahim Nosir “Marquis” Noshirlik uyi (AQSH)ning xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Doktor Abdul Rahim Nosir Albert Nelson Markuisning mukofotiga hayotda erishgan yutuqlari uchun (2017 Albert Nelson Marquis Lifetime Achievement Award) sazovor bo‘ldi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti professori mazkur mukofotga “hayotda erishgan yutuqlari, mehnatsevarligi, o‘z kasbiga sadoqati va so‘nggi 32 yil davomida muhandislik ta’limi sohasiga qo‘shgan hissasi uchun” loyiq deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Doktor Abdul Rahim Nosir turli xalqaro mukofotlar sovrindori hisoblanadi. 2017 yilning fevral oyida u xalqaro “Great Achievers Award for excellence in engineering education” (Muhandislik ta’limi sohasidagi ulkan natijalari uchun) mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2017 yilning aprelida professor ketma-ket beshinchi marotaba Marquis Who‘s Who in the World (Markuis Kim aslida kim) nashri sahifalaridan o‘rin oldi.

IUT Rektori Sarvar Babaxodjayev mazkur yangilikni sharhladi: “Men mazkur mukofot bilan doktor Nosirni chin yurakdan tabriklayman. Bu mukofot yana bir bor bizning universitetimizda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatayotganidan darakdir. Ular esa o‘z tajriba va bilimlarini o‘sib kelayotgan yosh avlodga berishmoqda”.

Marquis Who‘s Who — qisqacha tarjimayi hollarni o‘zida mujassam qilgan AQSHning qator kataloglar nashri hisoblanadi. Mazkur katalogdan butun dunyodagi biznes, yurisprudensiya, fan, tibbiyot, san’at, boshqaruv va shu kabi boshqa sohalarning mutaxassislari hamda yetakchilari o‘rin olgan.

Поделиться