O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi yangi binoda ish boshladi

2017-06-06 | Jamiyat

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida mamlakatimiz iqtisodiyoti tobora yuksalib, xalqimiz farovonligi ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. 

Soliq tizimi xodimlari nafaqat davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga tatbiq etish, balki aholi, ayniqsa, tadbirkorlarga keng imkoniyat va qulayliklar yaratishga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda soliq to‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar, jumladan, interaktiv va elektron axborot xizmatlari ko‘rsatish ko‘lami kengayayotgani tadbirkorlarning vaqti va mablag‘ini tejab, ovoragarchiliklarning oldini olmoqda. 

– "Oq oltin XXI” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 3 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga milliy va zamonaviy arxitektura uyg‘unligida barpo etilgan yangi binoda barcha sharoit yaratilgan, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari A.Norboyev. – Katta va kichik majlislar zali, anjumanlar xonasi, 105 o‘rinli oshxona xodimlar xizmatida. Xizmat xonalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, zarur anjomlar bilan jihozlangan. 

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.

 

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA

Поделиться