O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Akmal Saidovning Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-03-13 | Siyosat

O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov 12-mart kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasi raisi A.Sattorov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili B.Mamajonov yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov o'z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Dasturda millati, dini, ijtimoiy holati va kelib chiqishidan qat'i nazar, O'zbekiston xalqi, barcha fuqarolarning birdamligi va hamjihatligini yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilgan. Mamlakatda diniy, milliy va madaniy bag'rikenglik muhitini asrab-avaylash va mustahkamlashga ko'maklashish, O'zbekiston xalqining tarixi, ma'naviy-madaniy merosiga doir adabiyotlarni nashr etish bilan shug'ullanayotgan mualliflar, bosmaxonalar, nashriyotlarni iqtisodiy jihatdan rag'batlantirish, ularga soliq va boshqa to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilangan.

Uchrashuvda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashi raisi G'.Qodirov, partiya viloyat tashkiloti devoni rahbari S.Nazarqosimov va boshqalar nomzodning dasturida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini ta'kidladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko'ppartiyaviylik asosida o'tayotganini qayd etib, saylovchilarni 29-mart kuni o'tkaziladigan saylovda faol ishtirok etishga chiqirdi.

Поделиться