O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Talabalar uchun yangi omonat turi

2017-06-06 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida “Asakabank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Mamlakatimizda bank-moliya sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Birinchi Prezidentimizning 2009-yil 6-apreldagi “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2015-yil 6-maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

“Asakabank” tomonidan aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, aholining erkin pul mablag‘larini tijorat banklari omonatlariga jalb etishni rag‘batlantirish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. 

– Bankimiz tomonidan yangi omonat turlari joriy etilib, mijozlar ishonchini oqlashga harakat qilmoqdamiz, – deydi “Asakabank”ning pul muomalasi va chakana bank xizmatlari departamenti boshlig‘i Bahodir Mirboboyev. – Bular aholi uchun qulay shartlardagi 39 omonat turi bo‘lib, shundan 26 tasi milliy, 13 tasi xorijiy valyutadagi omonatlardir. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida yangi “Manfaatli – 2017” omonat turi, talabalarning kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish maqsadida “Talaba” nomli omonat turi va aholiga kommunal to‘lovlarni to‘lashda qulaylik yaratish uchun “Imtiyozli” omonat turlari taklif etilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, bankdagi omonatlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi tomonidan to‘liq kafolatlangan. Ular soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan bo‘lib, ma’lumotlar sir saqlanadi. 

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berdi.

Поделиться