O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Elchisi bilan uchrashuv
2017-06-06 | Siyosat
2017-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida 2017-yil 21-26-may kunlari Qirg‘izistonning Jalol-Obod shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashildi hamda navbatdagi uchrashuvni Andijon shahrida samarali o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.