O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijondagi yig‘ilishda dolzarb vazifalar belgilab olindi

2017-06-05 | Jamiyat

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Andijon viloyati imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdilar. Unda Din  ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, Andijon viloyati bosh imom-xatibi N.Xoliqnazarov va viloyatdagi masjid imom-xatiblari qatnashdi.

Yig‘ilishda Muftiy hazratlari mamlakatimizda muqaddas Ramazon oyi yuqori kayfiyatda o‘tishi, tarovih namozlari va xatmi Qur’onlar o‘qilishi to‘g‘risida alohida to‘xtaldilar. Jumladan, hazrat o‘z nutqlarida:

– shu kunlarda ona-Vatanimizda hidoyat va to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy – Ramazoni sharif mehmon bo‘lib turibdi. Muborak oyning tashrifi diyorimiz ahliga olam-olam quvonch baxsh etdi. Buni mo‘min-musulmonlarning yuz-ko‘zlarida, jome masjidlarimizda bo‘layotgan xatmi Qur’onlarning fayzu tarovatida ham yaqqol ko‘rish mumkin, deb so‘z boshladilar.

Shuningdek, muftiy hazratlari ulamo va imom-xatiblar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida alohida to‘xtaldilar. Jumladan, muftiy hazratlari yoshlar tarbiyasi dolzarb masala ekaniga yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiborini qaratdilar. Bunda o‘smir-yoshlarni tartib-intizomga o‘rgatib borish, muhtaram imom-xatiblarimiz o‘quvchi-talabalarning darslarga qatnashish davomati bilan qiziqib, ularga moddiy-ma’naviy yordam berish, pandu nasihat qilish orqali yoshlarning darsga qatnashini yaxshilash zarur ekanini ta’kidladilar.

Jamiyatda uchrab turgan o‘z joniga qasd qilish masalasiga to‘xtalgan Muftiy hazratlari suiqasd hech qanday bandani hech qanday muammodan qutqaradigan chora emasligini, aksincha, balolar girdobiga otishini xalq orasida ta’sirchan usullarda tushuntirish darkorligini aytar ekan, ayrim imom-xatiblar shunday og‘ir gunohga qo‘l urayotgan kishilarni muqarrar o‘limdan saqlab qolgani, sirtmoqning tagidan chiqarib olganini so‘zlab berib, barcha imom-xatiblar va ularning noiblarini shunday jonkuyar va sergak bo‘lishga da’vat etdilar.

Muftiy hazratlari, imom-xatiblar adashgan oqimlarga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan birma-bir muloqot qilib, ularga aqidaparast oqimlarning noto‘g‘ri va yanglish e’tiqodlarini Qur’oni karim, hadisi sharif va ulamolarning quvvatli dalillari asosida tushuntirish ishlarini yanada jadallashtishni topshirdilar. Shuningdek, bunday kishilarni jamiyatga qaytarish, ularning odamlardan ajrab qolmasliklari chorasini ko‘rish lozimligi, o‘zining qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, afsus-nadomat chekayotganlariga ruhiy tasalli berib, hayotda o‘z o‘rnini topib ketishlariga ko‘maklashish zarurligini ta’kidladilar.

Yer yuzining ba’zi mintaqalarida tabiiy ofatlar sababidan, yana boshqa hududlarda esa to‘s-to‘palonlar bois shaharlar vayron bo‘lib, qanchadan-qancha odamlar halok bo‘layotgan bir davrda yurtimizdagi fayzli, osoyishta kunlar va muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan din sohasida olib borilayotgan ulkan xayrli ishlar uchun Yaratgan Parvardigorga cheksiz hamdlar aytish kerakligini Muftiy hazratlari alohida qayd etdilar.

Muftiy hazratlari mana shunday shukuhli kunlarimiz tinchlik-xotirjamlik sababidan ekani, xalqimizga ana shu buyuk ne’matning shukronasini qilib hayot kechirish, tinchligimizning bardavom bo‘lishi uchun har birimiz hushyor va ogoh bo‘lmog‘imiz zarurligini ta’kidlab, har bir jabhada imom-xatiblarimiz yanada faol bo‘lishiga chaqirdilar.

Yig‘ilish ishchan kayfiyatda o‘tdi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Поделиться