O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2017-06-05 | Jamiyat
2017 yilning 3 iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati, Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlik Markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarining boshliqlari, shuningdek, Uzgidremet markazi, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Seysmologiya institutining rahbarlari ishtirok etishdi.
Hay’at yig‘ilishini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyunda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5066-sonli Farmoni hamda unda belgilangan ustuvor vazifalarni vazirlik shaxsiy tarkibiga etkazishdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.Maxmudov so‘zga chiqib farmonda belgilangan vazifalarni tadbir ishtirokchilariga yetkazdi.
Shuningdek, tadbirda vazirlik Faxriylar kengashi raisi, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari ham so‘z olib, qabul qilingan Farmon xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirishdek, olijanob maqsadlarni ko‘zda tutishini hamda belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirib borishimiz, bu yo‘lda faollik ko‘rsatishimiz lozimligini ta’kidlashdi.
Hay’at yig‘ilishi davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri vazirlikning o‘tgan 20 yildan ortiq tarixida 2017 yilning 1 iyun kuni muhim sana ekanligini, bu bilan respublikamizda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, Fuqaro muhofazasini ta’minlash ishlarini keng ko‘lamda, qamrovli va boshqaruv organlarining o‘zaro ta’sirchan hamkorligi asosida olib borishda, respublikamizning barcha hududlarida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi yuzasidan keng aholi qatlamlari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishda qulay imkoniyatlar yaratishini aytib o‘tdi.
Hay’at yig‘ilishi yakunida kun tartibidagi vazifalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar kelishib olindi.