O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Janobi Oliylariga
2017-06-05 | Siyosat
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi dafn marosimi chog‘ida sodir etilgan bir nechta mudhish portlashlar oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘lgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga, marhumlarning oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur ta’ziya hamda hamdardlik tuyg‘ularimizni izhor qilib, Ollohdan ularga sabr-toqat va bardamlik ato etishini so‘rab qolamiz.
Jarohat olganlarning esa tez muddatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.
Qayg‘u ila,