O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev: odamlarga munosib sharoit yaratish doimo e’tiborda bo‘lmog‘i zarur
2017-06-02 | Siyosat
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha joylarda shinam turar joylar bunyod etilmoqda.
Davlatimiz rahbari Bo‘z tumani “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilgan ana shunday uylarni borib ko‘rdi. Akmal va Zilolaxon Rahmonovlar xonadonida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, oilaning turmushi, farzandlar tarbiyasi bilan qiziqdi.
Ushbu mahallada maydoni 2 sotixli, uch xonali 10 zamonaviy uy bunyod etilgan. Ularda yotoqxona, mehmonxona, oshxona, xo‘jalik binolari mavjud. Uylar tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
Shavkat Mirziyoyev bunday turar joylarni ko‘proq qurib, odamlarga munosib sharoitlar yaratish doimo e’tiborda bo‘lmog‘i zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga uy-joylarni aholi va zamon talablari asosida loyihalashtirish va bunyod etish yuzasidan tavsiyalar berdi.