O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand "aqlli shahar"larni bunyod etish mavzusidagi xalqaro seminarga mezbonlik qilmoqda

2017-06-02 | Texnologiyalar

Samarqandda "Shaharlar va jamiyatlarda "internet-buyum"larni tatbiq qilish" mavzusida amaliy seminar ish boshladi. Seminar bevosita Xalqaro elektraloqa ittifoqi tashabbausi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan bosh maqsad -- xalqaro miqyosda "aqlli shahar"lar bunyod etilishi bo‘yicha ma’lumot almashish va rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar bilan yaqindan tanishish, shuningdek mavjud muammolarni va rivojlanish istiqbollarini o‘rganishdan iborat. 
 
Seminarning ilk kunida yurtimiz va xorijdan taklif etilgan ekspertlar "Aqlli" mustahkam shaharlarni bunyod etish -- qarashlar, bugungi holat va istiqbol", shuningdek "Mavjud "aqlli shahar"larni bunyod etilishiga oid tajriba" yo‘nalishlarida taqdimotlar qilishdi. Mavzu dolzarb va har kim uchun qiziq bo‘lgani bois, boshlanishidayoq ko‘chadagi ob-havo singari tadbir ham qizidi.
 
Ma’lumki, bugungi kunda jahon miqyosida shahar va jamiyatlarda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan muhit yaratishda "internet-buyumlar"dan keng foydalanilmoqda. BMTning ixtisoslashtirilgan Xalqaro elektraloqa ittifoqi yuqori texnologiyalar sohasida standartlar ishlab chiqish va kommunikatsiyaning yangi usullarini tatbiq qilish, ommalashtirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirib boradi. 
 
Seminarda Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, Moldaviya, BAA, Rossiya davlatlaridan axborot texnologiyalari mutaxassislari, Huawei, ITU, KAIST, SC&C, Smart City Lab Moscow, TRA, UNOC kabi yetakchi kommunikatsiya korporatsiyalari ekspertlari ishtirok etmoqdalar.
 
"Aqlli shahar"larning AKT-arxitekturasi bo‘yicha sohaning yetakchi ekspertlari, ma’ruzachilarni jam qilgan seminar Xalqaro elektraloqa ittifoqining bu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi tadqiqot komissiyasi faoliyatini rivojlantirish va keyingi rejalarni belgilab olishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
Seminarning ikkinchi kuni yanada qizg‘in o‘tishi kutilmoqda. Kun tartibidan "Aqlli" va mustahkam shaharlarda ishonch va xavfsizlik" hamda "Aqlli" va mustahkam shaharlarda ma’lumotlarni boshqarish va menejment" seksiyalaridan milliy va xorijiy ekspertlarning taqdimotlari o‘rin olgan.

Поделиться