O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Чегарани делимитация қилиш бўйича Ўзбекистон-Тожикистон музокаралари тўғрисида
2017-06-02 | Siyosat
2017-yilning 30-may-1-iyun kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risidagi topshiriqlari ijrosi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Davlat chegarasini kelishilmagan ayrim uchrastkalaridan o‘tadigan chegara chizig‘ining huquqiy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.
Muzokaralar konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.