O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining maktubi
2017-06-01 | Siyosat
Tashqi ishlar vaziri
Abdulaziz Kamilov Janobi oliylariga
Janobi oliylari,
Mening O‘zbekistonga tashrifim oldidan va tashrifim davomida ko‘rsatilgan qo‘llovingiz uchun minnatdorchilik izhor qilish maqsadida ushbu maktubni yozmoqdaman. Siz bilan uchrashish va o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilish men uchun ulkan sharafdir. Bu mamlakatingizga birinchi tashrifim edi va Sizga va Sizning jamoangizga tashrifga tayyorgarlik ko‘rish va uyushtirish davomida amalga oshirilgan a’lo darajadagi ish uchun minnatdorchilik izhor etaman.
O‘zbekiston Hukumatiga inson huquqlari bo‘yicha milliy tizimni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish borasidagi joriy islohotlar uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Tashrifim davomida Inson huquqlari sohasida milliy harakatlar rejasi singari BMTning inson huquqlari bo‘yicha mexanizmlari takliflarini amalga oshirish uchun tuzilmalar va shart-sharoitlar yaratilishi bo‘yicha Hukumatning ilk qadamlarini qiziqish bilan qayd etdim. Ishonamanki, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakarlar strategiyasini inson huquqlari sohasidagi ustuvor vazifalar asosida amalga oshirish hududlarda yangi ijobiy natijalar keltiradi.
O‘zbekistonning Jenevadagi Boshqarmamiz bilan samarali hamkorligi uchun minnatdorman. Mening Markaziy Osiy bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmam bilan kengaytirilgan hamkorlikni sabrsizlik bilan kutib qolaman.
Janobi oliylari, yuksak hurmat va ehtiromimni qabul etgaysiz.
Zayd Raad al-Husayn,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari