O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamdardlik
2017-06-01 | Siyosat
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti
Muhammad Ashraf G‘ani
Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri markazida sodir etilgan mudhish va g‘ayriinsoniy terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh kishilarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda Sizga va birodar Afg‘oniston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.
Qayg‘u ila,