O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi loyiha taqdimoti

2017-05-31 | Texnologiyalar

«O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «Marketing va boshqaruvda kommunikatsiya» mavzuida anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Milliy marketing markazi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda vazirlik va idoralar vakillari, marketing va reklama agentliklari mutaxassislari, xorijiy ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari I.Jo‘rayev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, davlat boshqaruvida erkin axborot almashish muhitini ta’minlash, yosh avlodning zamonaviy axborotga va intellektual ehtiyojlarini ta’minlaydigan veb-resurslar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Harakatlar strategiyasida davlat idoralarining aholi va tadbirkorlar bilan aloqalarini rivojlantirishning zamonaviy usul va vositalaridan foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan. 

Tadbir davomida «4P» zamonaviy kommunikatsiya loyihasi haqida ma’lumot berildi. Loyiha mamlakatimizda marketing sohasini rivojlantirish, davlat idoralari hamda xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi samarali muloqot tizimi hisoblanadi. 

Anjumanda korporativ va jamoatchilik aloqalarini rivojlantirishda markazlashgan kommunikatsiya tizimlarining ahamiyati, onlayn va offlayn media xizmatlarni joriy qilish orqali davlat boshqaruvida qulay, erkin axborot almashish muhitini yaratishning zamonaviy tendensiyalari, axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida samarali muloqotni tashkil etish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish va bu borada mamlakatimiz hamda xorijiy mutaxassislarning o‘zaro hamkorligi bo‘yicha fikr almashildi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться