O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom Karimovning Namangan va Farg‘ona viloyatlari saylovchilari bilan uchrashuvlari

2015-03-12 | Siyosat

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 11-mart kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasi raisi G'.Ortiqov ochdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov o'zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Dasturda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy sohani liberallashtirish jarayonlarini izchil davom ettirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Jumladan, iqtisodiyotni isloh qilish va raqobatbardoshligini oshirish, xususiy mulk va tadbirkorlik uchun yanada keng yo'l ochib berish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qayta ko'rib chiqish, ekin maydonlarining hosildorligini oshirish, qishloq xo'jaligiga yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, fermerlik harakatini, kichik biznes va xizmat ko'rsatish sohasini qo'llab-quvvatlash, mahalliylashtirish dasturlarini kengaytirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, xorijiy davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim yo'nalishlar qamrab olingan.

Namangan viloyatida iqtisodiyotning turli sohalari, jumladan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Poyabzal, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tayyorlashda katta yutuqlarga erishilmoqda. "Istiqlol dizayn markazi", "Iftixor kiyim sanoat" kabi korxonalarda tikilgan zamonaviy va import o'rnini bosuvchi kostyumlar ichki va tashqi bozorlardan munosib o'rin olayotgani diqqatga sazovordir.

Viloyat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport geografiyasi kengayib, bugungi kunda yetmishga yaqin mamlakatga mahsulot yetkazib berilmoqda. Viloyatda yoshlarni komil insonlar etib tarbiyalash, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, qishloqqa sanoat va servisni olib kirish borasida, madaniy-ma'rifiy sohalarda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan davlat universiteti professori T.Fayzullayev, boks bo'yicha O'zbekiston chempioni G'.Qo'chqorov va boshqalar mustaqilligimizni, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar samarasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi, xalqimiz farovonligi yuksalib borayotganini ta'kidladi. O'zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik, uni o'tkazish bilan bog'liq jarayonlar ochiqlik-oshkoralik va ko'ppartiyaviylik kabi demokratik tamoyillarga to'la mos o'tkazilayotganini qayd etdi.

* * *

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov shu kuni Farg'ona viloyati saylovchilari bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 11-Farg'ona okrug saylov komissiyasi raisi N.Sobirov ochdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov uchrashuvda nutq so'zladi.

Nomzodning saylovoldi dasturida sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy mulk va tadbirkorlik rivoji yo'lidagi barcha to'siqlarni olib tashlash hamda bu sohaga to'liq erkinlik berish, yerlarning unumdorligini oshirish va ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, fermer xo'jaliklarini ko'p tarmoqli xo'jaliklarga aylantirishni davom ettirish, mahalliylashtirish va eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, hayot darajasi va sifatini izchil oshirib borish, xorijiy davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Mamlakatimizda barcha hududlarni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor samarasida Farg'ona viloyati ham izchil taraqqiy etmoqda. O'tgan yili yalpi hududiy mahsulot hajmi 8,4 foiz o'sdi. Sanoatni rivojlantirish dasturlari doirasida 154,4 million dollarlik investitsiyalar o'zlashtirilib, 550 ishlab chiqarish loyihasi hayotga tatbiq etildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari rivoji iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, bandlikni ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda. O'tgan yili ushbu sektorning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 62 foizdan oshdi, bandlikdagi ulushi 79 foizga yetdi.

Mehnat faxriysi O.Hoshimov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi rahbari E.Siddiqova va boshqalar mamlakatimizning o'z taraqqiyot yo'li – "o'zbek modeli" barcha sohalarda ulkan samaralar berayotganini faxr bilan qayd etdi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o'tkazish bilan bog'liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to'la mos ravishda o'tayotganini ta'kidladi. Saylovchilarni 29-mart kuni bo'ladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Поделиться