O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Germaniya biznes-forumi

2017-05-31 | Iqtisodiyot

«Poytaxt» biznes markazida 31-may kuni O‘zbekiston – Germaniya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ul vazirlik va idoralari, agrosanoat uchun texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi N.Dadaxonova va boshqalar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlar qatori qishloq xo‘jaligi sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini, ushbu anjuman ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga, iqtisodiyotimizga xorij sarmoyalarini keng jalb etishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi. 

Germaniya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan. Mamlakatimizda “MAN”, “Claas”, “Lemken”, “Knauf” kabi dunyoga mashhur nemis kompaniyalari faol ish yuritmoqda. Ular bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarda turli rusumdagi yuk avtomobillari, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi, qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2016-yili 520 million dollardan oshgan. Ikki tomonlama moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi qariyb 330 million yevroni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Germaniya sarmoyasi ishtirokida 110 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizdan Germaniyaga meva-sabzavot mahsulotlari, paxta tolasi va matolar, noorganik kimyo mahsulotlari, mis buyumlar eksport qilinadi, transport va sayyohlik xizmatlari ko‘rsatiladi. 

– Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli davlatlar savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlashda o‘ziga xos robita bo‘lgan, – dedi Germaniya Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vazirligining savdo departamenti rahbari Aksel Lipinski. – Toshkent sanoat, savdo, madaniyat va zamonaviy vositalar markazi ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Mazkur tadbir O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishish, ishtirokchilarni Germaniyada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari bilan tanishtirish, fikr va tajriba almashish imkonini berdi. Mamlakatingiz ishbilarmonlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz. 

Germaniyalik ishbilarmonlarga 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, chuqur qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish bo‘yicha majmualar qurish, zamonaviy qo‘shma korxonalar tashkil etish, sohaga nou-xaularni keng joriy etishga oid masalalar muhokama qilindi.

 

Nodira Manzurova, O‘zA

Поделиться