O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashuv
2017-05-31 | Siyosat
2017-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida 2017-yili to‘laqonli hamkorlikni yanada rivojlantirish Rejasini (“Yo‘l xaritasi”) amalga oshirish doirasidagi qo‘shma ishlarning borishi batafsil muhokama qilindi.