O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi to‘g‘risida
2017-05-30 | Siyosat
2017-yilning 21-26-may kunlari Qirg‘izistonning Jalol-Obod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tutashgan hududlardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasida qo‘shma topografik va yer tuzish ishlari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha oraliq Shartnoma loyihasi tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.
Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.