O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sportchilarni viloyat hokimi qabul qildi
2017-05-30 | Jamiyat
Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Jizzax shahrida o‘tkazilgan “Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalarida ishtirok etgan sportchilarni qabul qildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, huquq-tartibot idoralari, korxona, muassasalalar rahbarlari jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Ma’lumki, 25-27 may kunlari Jizzax shahrida “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatib turgan litseylar va kollejlarning sportchi-o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra viloyatimiz jamoasi 6 ta sport turi bo‘yicha 3 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yana aniqroq aytadigan bo‘lsak, sportchilarimiz yengil atletikadan 2 ta kumush, 2 ta bronza, boksdan 1 ta kumush, suzish, taekvondo,badminton, erkin kurashdan 1 tadan bronza medali olib keldilar.
Viloyat hokimi viloyat sha’nini himoya qilgan sportchilarning nomlarini alohida tilga oldi. 4-akademik litsey o‘quvchisi Osman Redvanovich Xabibullayev, Sirdaryo tumanidagi “Malek” agrosanoat kolleji o‘quvchisi Javohir G‘ayrat o‘g‘li Noriyev, Mirzaobod tumanidagi Oqoltin gidromeleoratsiya kolleji o‘quvchisi Ramazon Furqat o‘g‘li Ziyatov, Olimpiya zahiralari kolleji o‘quvchisi Umidjon Shuhrat o‘g‘li Sherikbayev, Olimpiya zahiralari kolleji o‘quvchilari Fazilat Otabek qizi Vasiljonova, Saidorifxon Ma’rufxon o‘g‘li Ahmedov, Fotima Abdugaffor qizi Abduvaliyeva, Faxriddin Soibjon o‘g‘li Mamajonov, Shahnoza Ruslan qizi Beyjigitova ana shular jumlasidandir.
Yengil atletika sport turi bo‘yicha murabbiy Ro‘zaliya Shavkatovna Zyangirovaning 3 nafar shogirdi medal olishga muvaffaq bo‘ldi.
“Barkamol avlod” musobaqalarida yaxshi natijalarga erishgan sportchilarga viloyat hokimining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Viloyat hokimi, shuning bilan birgalikda, viloyatimiz sportchilarining biz kutgan natijalarni bermaganini ham qayd qilib o‘tdi.
2018 yilda Toshkent viloyatida “Umid nihollari” sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu yilgi natijalar bizni qanoatlantirmadi, endi boshqa xato qilishga xaqimiz yo‘q. Shuning uchun jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, xalq ta’limi boshqarmasi tayyorgarlik ishlarini bugundan boshlashlari zarur, deb uqtirdi viloyat hokimi.