O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonunlar targ‘ibotining samarali tizimi

2017-05-30 | Jamiyat

Mamlakatimizda fuqarolarning qonunchilikdan xabardorligini oshirish borasidagi keng ko‘lamli ishlar samarasida ularda qonunga hurmat hissi kuchaydi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 8-fevraldagi «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori shu maqsadga qaratilgan.

Mazkur qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani shu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etishga zamin yaratdi. Zero, qabul qilingan qonun hujjatlarining so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarilishida ularni tezkorlik bilan tarqatish, mazmun-mohiyatini ijrochilarga va aholiga tushuntirish muhim ahamiyatga ega. 

Yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazishda “E-xat” himoyalangan elektron pochta tizimidan keng foydalanilmoqda. Joriy yilning 1-yanvaridan 15-mayiga qadar qabul qilingan 851 normativ-huquqiy hujjat elektron shaklda 192 davlat organi va tashkilotiga yetkazildi. Bu ma’lumotlar joylardagi hokimliklar hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari elektron pochta manziliga yuborildi. Davlat organlari va tashkilotlari, o‘z navbatida, ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni quyi idoralarga yuborib, ijrochilarga yetkazmoqda. 

Yangi normativ-huquqiy hujjatlar, sud qarorlari, halqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga www.lex.uz saytiga ham joylashtirib borilmoqda. Masalan, 2017-yil 25-may holatiga amaldagi 19 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat, 217 sud qarori, 1,2 mingdan ortiq xalqaro shartnoma, shuningdek, 684 texnik va boshqa hujjat milliy bazaga joylashtirildi. Ulardan bepul foydalanish mumkin. 

Yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda huquqiy targ‘ibot tadbirlari ko‘lami ham kengaydi. Adliya idoralari ichki ishlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda bu borada qariyb 28 ming tadbir o‘tkazdi. 

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashning hududiy komissiyalari a’zolari tomonidan huquqbuzarlik profilaktikasiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha ko‘plab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

Targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarni korrupsiyadan ogoh etishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu jarayonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali tarqatma materiallar, jumladan, buklet, plakatlar tayyorlandi. Bulardan o‘tkazilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarida keng foydalanilmoqda. 

Bunday tadbirlarda jamiyatda uchrab turadigan ta’magirlik illatini bartaraf etishda har bir fuqaro mas’ul ekani uqdirib borilmoqda. Zero, bunday holatga duch kelgan kishi bu haqda tegishli organlarga xabar berishi shu illatning bartaraf etilishiga olib keladi. 

Unutmaslik kerakki, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi kafolatlangan. 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun 6 soatlik Korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kursi tashkil etilib, tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilayotir. Malaka oshirish va qayta tayyorlash maxsus kurslarida ham tegishli mavzular bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 

Qabul qilingan qonun hujjatlarining asosiy ma’nosini aholiga yetkazish bo‘yicha yaratilgan mexanizm aholining huquqiy madaniyati yuksalishi, jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Поделиться