O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paralimpiyachilarimiz Osiyo va Okeaniya chempioni

2017-05-30 | Sport

Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida dzyudo bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan Xalqaro ko‘zi ojizlar sport assotsiatsiyasi (IBSA) bilan hamkorlikda o‘tkazilgan chempionatda o‘ndan ziyod davlatdan yuzga yaqin polvon 13 vazn toifasida yakkalik va jamoaviy bahslarda g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi. 

Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan chempionatda Sherzod Namozov, Feruz Saidov, Shuhrat Boboyev, Yoqutxon Komilova, Sevinch Salayeva, Nafisa Sharifboyeva, Tursunposhsha Nurmetova, Vasila Aliboyeva o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Osiyo va Okeaniya chempionatining finaliga qadar barcha bellashuvlarda zafar quchgan iqtidorli sportchilarimizdan Davurxon Karomatov va Shirin Sharipov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Adizjon To‘ymurodov, Ahliddin Umarov, Quvondiqjon Bozorov, Shohruz Toshev, Gulruh Rahimova, Lobar Xurramova bronza medal bilan taqdirlandi. 

– Biz chempionatda zafar quchib, xalqimiz ishonchini oqlash baxtiga muyassar bo‘lganimizdan behad xursandmiz, – deydi XV Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Sherzod Namozov. – Bu natija bilan to‘xtab qolmaymiz. Nasib qilsa, kelgusida o‘tkaziladigan qit’a va jahon chempionatlari, Paralimpiya o‘yinlarida ham munosib qatnashib, o‘zbek paralimpiyachilarining yuksak salohiyatini butun jahonga namoyish etamiz. 

Chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi umujamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться