O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etiladi

2017-05-30 | Jamiyat

Joriy 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘armaning asosiy vazifasi vaqtinchalik band bo‘lmagan aholining yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasi obyektlarini qurishda, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishini moliyalashtirish hisoblanadi.

Shuningdek, hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017 yilning 1 sentyabrigacha vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini, jamg‘arma tuzilmasini tasdiqlash, mablag‘larini shakllantirish manbalari va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.

Qayd etish lozimki, mazkur Jamg‘arma rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqib tashkil etiladi va buning natijasida:

mehnat bozorini izchil va barqaror rivojlantirishga;

aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlanishini kuchaytirishga;

mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda ular tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirishga;

jamoat ishlarida ishtirok etadigan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi ta’minlanishiga;

aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishi orqali ular daromadlarini oshishiga;

yirik investitsiya loyihalari, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasi obyektlari, shahar va tumanlarni obodonlashtirish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga;

Jamg‘armaning vazifasida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishda qatnashishi orqali korxona va tashkilotlarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Поделиться