O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bo‘lajak O‘zbekiston-Chexiya siyosiy maslahatlashuvlariga doir
2017-05-30 | Siyosat
2017-yilning 31-may kuni O‘zbekiston-Chexiya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tadi. Maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vazirining kichik o‘rinbosari Ivan Yancharek boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.
O‘zbekistonda bo‘lish davomida Chexiya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida uchrashuvlar o‘tkazadi hamda Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.