O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
QAROR QILADI:
1. Xolmo‘min Buvraboyevich Yodgorov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylansin, shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
2. Baxodir Akbaraliyevich Dexqanov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylansin, shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.
3. Baxtiyor Tursinmatovich Isakov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylansin, shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.
4. Ushbu qaror 2017-yilning 1-iyunidan kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.YO‘LDOSHEV
Toshkent shahri, 2017-yil 27-may