O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro turnir ishtirokchilari Termiz Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
2017-05-29 | Jamiyat
Al Hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha an’anaviy XIII xalqaro turnirida ishtirok etish uchun 50 ga yaqin mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar, Xalqaro Kurash federatsiyasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Osiyo o‘yinlari bosh direktori Haydar Farman, Afrika Kurash konfederatsiyasi Prezidenti Tomas Dunker, Panamerika Kurash konfederatsiyasi Prezidenti Janni Kazanova, Yevropa Kurash konfederatsiyasi Prezidenti Mirabi Iliades va boshqa mehmonlar Termiz shahrinig diqqaga sazovor joylari bilan tanishdilar.
Bugun kurashchilarning vazn toifalari aniqlanib, qura tashlandi. Murosasiz kechadigan bellashuvlarda Daminikan, Gruziya, Eron, Mongoliya, Turkiya, Yaponiya, Rossiya, Gretsiya kabi 50 ga yaqin davlatlardan tashrif buyurgan polvonlar orasida gruziyalik Beko Berdzenashvili, rossiyalik Aleksandr Mixaylin, mongoliyalik Badmunkesh Ganbatar kabi ko‘plab dongdor polvonlarga milliy kurash gilami va usullari juda tanish. Ana shunday nomdor polvonlar bilan bellashadigan Abdulla Tangriev, Samijon Ubaydullaev, Baxtiyor Mengliqulov, Abdulla Xolyorov kabi kurashchilarimiz gilamga tushadi.
Qadimdan davrani salobat bilan aylanayotgan polvonlarimizga bobolarimiz “belbog‘ing mahkam bo‘lsin bolam”, deb yaxshi niyat bilan oq fotihaga qo‘l ochishgan.
Fursatdan foydalanib, biz ham bugun kunning ikkinchi yarmida bel olishga shay turgan barcha polvonlarimizga chin dildan omad tilab qolamiz.