O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi

2017-05-29 | Jamiyat

Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi tez tibbiy yordam xizmatining yanada tezkor va sifatli ishlashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shu yilning 25-may kuni Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filialida Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (YMDM)ning pilot loyihasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Baxodir Ataxanov, elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish - UzMedInfo markazi vakillari, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi, jahon ekspertlari va Buxoro viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati va viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazi rahbariyati ishtirok etdi.

Joriy yilning 16-mart kuni mamlakatimiz Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolangan edi.

Mazkur huquqiy hujjatlarda mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, ushbu hujjatda ko‘rsatilganidek, yagona muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik markazlari mamlakatimizning 13 hududida tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda. Bu markazlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan boshqariladi. Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filialida tashkil etilgan yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi esa ushbu yo‘lda tashlangan dastlabki qadam bo‘ldi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan elektron sogliqni saqlashni rivojlantirish markazi UzMedInfo xodimlari, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi, hamda “O‘zbektelekom” AKning mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilib ko'rsatildi.

— Mazkur markaz Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK bilan hamkorlikda mamlakatimiz hududida tez tibbiy yordamning yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazini joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Baxodir Ataxanov. — Mazkur loyiha shoshilinch tibbiy yordam tizimi bo‘yicha qabul qilingan huquqiy hujjatda belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, endilikda ushbu markaz shoshilinch holatlardagi har bir murojaatni o‘z vaqtida tezkorlik bilan istisnosiz bajarilishiga xizmat qiladi. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan har bir murojaat o‘sha zahotiyoq ko‘chma brigadaga bemor haqidagi kerakli tibbiy axborot va uning joylashish manzili haqidagi ma’lumotlar bilan birgalikda radio-ratsiya qurilmalari orqali uzatiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, shoshilinch tibbiy xizmatning chaqirilishi “Yagona oyna” tamoyili asosida tashkil etilib, aholi murojaati tushgandayoq shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishni tezlashtirish bilan birga, inson salomatligi bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini oladi.

Shuni ham aytish joizki, hujjatda sohani rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar qatorida kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinishi ham belgilangan edi. Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalarining 200 ga yaqini xarid qilinib, ehtiyoji baland bo‘lgan hududlarga yetkazib berildi.

Dunyoning yetakchi davlatlar amaliyoti o‘rganilganda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida aloqa alohida o‘rin tutishi, hududlarni sifatli aloqa bilan qoplanishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarni samaradorlgini oshirishiga olib kelishi aniqlangan. Namoyish etilgan loyihada dispetcher va tez yordam mashanisi bilan kafolatlangan aloqa «Radioaloqa» kuyi tizimi tufayli ta’minlanadi. «Radioaloqa» kuyi tizimi aloqaning raqamli radiokanallari, tez tibbiy yerdam avtomobillarida o'rnatilgan ratsiyalarning joyining trekingi va monitoringi yo'li bilan dispercher va tez tibbiy yordam avtomobillari o‘rtasidagi kafolatlangan aloqani ta’minlaydi. Ma’lumotlar tizim va uskunalar o'rtasida raqamli radiokanallar orqali uzatiladi, hattoki favqulotda vaziyatlar sodir bo'lganda yoki mamlakat telekommunikatsion tarmoqlar yuklanganda zo'riqib ishlash holatida ham tez tibbiy yordam xizmati faoliyati yuqorida qayd etilgan raqamli radiokanallar orqali muayyan amalga oshirilaveradi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon hamda u bilan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar, shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirishga, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi yuqori bosqichga ko‘tarishga, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘lamini kengaytirishga hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda aholi salomatligi, inson manfaatlari, xalqimiz farovonligi haqida so‘z borar ekan, bu masalalar doimo davlatimizning e’tibor markazida bo‘lib qoladi. Ana shu ezgu maqsadlarning mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ro‘yobga chiqarilishi esa yanada ahamiyatlidir.

Поделиться