O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harakatlar strategiyasi – xalqaro nashrlarda

2017-05-27 | Jamiyat

Koreya Respublikasining “The Korea Post” nashrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. 

Maqolada O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berilgan. Mazkur strategiyani nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki xalqaro hamjamiyat ham katta qiziqish bilan qabul qilgani qayd etilgan. Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini qabul qilishda maxsus media maydonlar tashkil etilgani, bu borada fuqarolar, aholining turli qatlamlari va jamoatchilik faollari o‘rtasida qizg‘in bahs va munozaralar olib borilgani, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet ellik investorlar fikr va takliflari inobatga olingani alohida ta’kidlangan. 

Harakatlar strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ko‘plab xalqaro anjumanlar o‘tkazilgani tilga olingan. Xususan, Toshkent shahrida joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan xalqaro davra suhbatida mazkur loyiha chuqur muhokama etilib, taklif va tavsiyalar bildirilgani qayd etilgan. Ushbu anjuman ishtirokchilari amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotganini, barcha sohada yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik, hayotga tatbiq etilayotgan qo‘shma loyihalar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidlagan. 

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi a’zolari Koreya Respublikasida bo‘lib, mamlakatimizning Harakatlar strategiyasiga bag‘ishlangan qator uchrashuv va tadbirlar o‘tkazgan. Harakatlar strategiyasining ko‘lami va mohiyati “The Korea Post” nashrida qiziqish uyg‘otgan. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, yirik on-layn portaliga ega mazkur nashr xalqaro siyosat, iqtisodiyot, sanoat, madaniyat va turizm kabi mavzularni yorituvchi nufuzli OAV hisoblanadi. “The Korea Post” O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniy, ma’naviy va tarixiy merosini, O‘zbekistonda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni keng xalqaro jamoatchilik orasida faol targ‘ib qilishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. 

Поделиться