O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TATU abituriyentlarga hujjatlarni elektron jo‘natish imkonini beradi

2017-05-26 | Texnologiyalar

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Bakalavrlikka qabul qilish uchun hujjatlarni elektron shaklda qabul qilish" loyihasini sinovdan o‘tkazmoqda. Elektron xizmat Yagona davlat xizmatlari portalida joriy qilinmoqda.

Abituriyentlar hujjatlarni masofadan turib 2017 yilning 15 iyunidan 10 iyuliga qadar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha taqdim etishlari mumkin. Yagona portal orqali hujjatlarni taqdim etish uchun elektron raqamli imzo talab etiladi. Elektron raqamli imzoni tuman soliq inspeksiyasidan olish mumkin.
 
Abituriyent elektron variantda quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
1. rangli fotografiya 3,5x4,5 o‘lchamda (Rangli fotografiyaga talablar: rangli, JPG, JPEG yoki PNG formatda, orqa fon oq va rasmiy kiyimda. Shu bilan birga, fotografiyaning asl nusxasini dasturiy vositalar bilan o‘zgartirish qat’iyan ma’n etiladi. Shu kabi harakatlarga yo‘l qo‘ygan murojaatchiga xizmat orqali hujjatlarni yuborish va qabul qilish ruxsat etilmaydi)
 
2. Quyidagi hujjatlarni skanerlangan nusxalari:
- o‘rta maktabni tugallaganligini tasdiqlovchi hujjat (attestat) yoki o‘rta maxsus yoki kasb hunar ta’lim muassasasi hujjati (diplom);
- harbiyga chaqiruvga aloqadorligi haqidagi hujjat (harbiy bilet yoki b.)
- abituriyentni shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport)
 
Hujjatlar taqdim qilingach, abituriyentga 3 kun mobaynida Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtida kiritgan mobil telefon raqami, elektron pochta manzili yoki shaxsiy kabinetiga hujjatlari qabul qilinganligi haqida tasdiq xati yuboriladi.
 
Loyiha "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Batafsil ma’lumot bilan universitet veb-saytida tanishing.

Поделиться