O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirlik saytining yangi talqinini sinab ko‘rishga taklif qilamiz
2017-05-26 | Texnologiyalar
25 may kuni Internet tarmog‘ining new.mitc.uz manzilida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining veb-sayti yangi talqinda sinov tariqasida ishga tushirildi. Sayt dizaynini tayyorlashda uning axborotni uzatishda zamonaviy tarzda ixcham va aniq interfeysga ega bo‘lishi, foydalanuvchiga ma’lumotni oson va tez topishga xizmat qilishi – ishlab chiqaruvchilar uchun bosh maqsad qilib olingan.
Xo‘sh, bu maqsad qanchalar o‘zini oqlaydi? Bunga javobni foydalanuvchi sifatida sizdan kutib qolamiz. Mutaxassis va foydalanuvchilarni vazirlikning yangi talqindagi saytiga taklif qilamiz. Tanqidiy fikrlar va takliflarni qadrlaymiz va sayt faoliyatini yaxshilashda inobatga olamiz!
Barcha jo‘yali takliflar saytda tatbiq qilinib, mazkur resursni fuqarolar bilan aloqa qilish hamda ularning xabardorligini oshirishda qulay vositaga aylantiradi.
Barcha fikr-mulohazalar va takliflarni e.dalimov@mitc.uz hamda sh.sattorov@mitc.uz elektron pochta manzillariga yuborishingizni so‘raymiz.