O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farmatsevtika sanoati ko‘lami kengaymoqda

2017-05-26 | Iqtisodiyot

2017-yil 3-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonga muvofiq mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish hamda dorivor o‘simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish belgilangan. 

Mazkur erkin iqtisodiy zonalarning faoliyat muddati keyinchalik uzaytirish imkoni bilan 30-yil etib belgilangan, ushbu hududlarda alohida soliq, bojxona va valyuta tartiblari amal qiladi. 

Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari eksport va import qilinadigan tovarlar uchun o‘zlariga qulay to‘lash hamda hisob-kitob qilish shartlari va shakllaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu imtiyoz va qulayliklar mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishga qiziqishni yanada oshiradi. 

Shu bilan birga farmonda ichki bozorni keng turdagi sifatli dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan to‘ldirish hamda alohida hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalarini hal etishga qaratilgan bir qator tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan.

Поделиться