O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolalarga atalgan sug‘urta mahsuloti

2017-05-26 | Iqtisodiyot

«O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan tadbirkorlar, hunarmandlar, fermerlar faoliyati va ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqilmoqda. Endi ular bolalar va o‘smirlarni turli qaltisliklardan himoyalashga qaratilgan «Yosh sayohatchi» nomli sug‘urta mahsuloti bilan yanada kengaydi.

Mamlakatimizda sayyohlik sohasini, ayniqsa, ichki turizmni yanada rivojlanitirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bolalar va o‘smirlarni yurtimizning diqqatga sazovor joylari – tarixiy obidalari, qadimiy shaharlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning tog‘li so‘lim joylar, oromgohlar va boshqa maskanlarda dam olishi ichki turizmning yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Yozgi ta’til boshlanishi bilan yoshlar o‘rtasida ko‘proq sayohatga chiqish, tabiat qo‘ynida, dam olish maskanlarida hordiq chiqarishning yanada ommalashuvi kuzatiladi. O‘smirlar va bolalarning o‘yinqaroqligini hisobga oladigan bo‘lsak, oromgohlarda dam olayotganda, sport musobaqalarida ishtirok etganda yoki tog‘dagi sayohatlarda turli hodisalarga duch kelish xavfi ham mavjud. 

– Oromgohga 14 kunga ketayotgan o‘smir uchun 3 million so‘mlik sug‘urta himoyasini 8 ming so‘m evaziga sotib olish mumkin, – deydi kompaniya menejeri Mukarram Aliboyeva. – 14 kun davomida biror hodisa oqibatida o‘smirga shikast yetsa, sug‘urta qoplamasi amalga oshiriladi. 

“Yosh sayohatchi” – 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlarimizni dam olish maskanlari, oromgohlar, sport sayohati va boshqa turdagi sayohatlarga borganda 1 kundan 3 oygacha bo‘lgan muddatlarda baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashni ko‘zda tutadi. Bunda sug‘urtalanuvchining ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan, kutilmaganda uning organizmiga ta’sir etuvchi va sog‘lig‘iga shikast yetishiga olib keluvchi hodisalar hisobga olingan. Transport vositalari harakati, kuyish, elektr toki, tepalikdan yiqilish, ko‘chki, zaharlanish, uchinchi shaxs tomonidan qasddan qilingan hatti-harakatlar oqibatida shikastlanish shular sirasidandir. 

Mamlakatimiz sug‘urta bozorida faol qatnashayotgan «O‘zbekinvest» kompaniyasi kelgusida ana shunday yangi sug‘urta turlarini yanada ko‘paytirishni rejalashtirgan. Shu maqsadda har bir mijozga individual yondashgan holda ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться